Sahna ortidagi ulkan monitorda Ikkinchi jahon urushi yillaridagi hayot aks ettirilgan lavhalar o`tadi.
...O`zbekiston san`at arbobi Turob To`laning «Ona monologi» yangraydi.
Mashhur suxandon Yuriy Levitanning urush boshlangani to`g`risidagi e`lonni o`qigan ovozi yangraydi. Yigitlar Vatan himoyasiga otlanadi. Ikkinchi jahon urushi voqealari tasvirlanadi.
Bu yilgi Xotira va Qadrlash kuni tadbirlarida Ikkinchi jahon urushida xalqimizning tinchligi va omonligi yo`lida o`z jonini fido qilgan bobolarimizni xotirlash, bugun oramizda bo`lgan faxriylarimizning ko`nglini ko`tarish, umriga umr qo`shishdek olijanob maqsad ko`zlangan. Zero, ularning qahramonligi qalblarimizga faxr tuyg`usini bag`ishlaydi.
Bayram dasturida atoqli shoir va san`atkorlarimizning she`r va qo`shiqlariga keng o`rin berilgani Xotira va Qadrlash kuni mazmun-mohiyatiga mos tushgan. Hamid Olimjonning «Fashizm balosi», Zulfiyaning «Jangga ketgan o`g`ilga», G`afur G`ulomning «Sen etim emassan» she`rlarining mualliflardan yozib olingan parchalari eshittirilganda, qalblar larzaga keldi.
...Turob To`laning "Qasos olamiz", Kamtarning "Frontdan xat", Habibiyning "Ko`rgum kelur", G`afur G`ulomning «Yigit omon bo`lsa», Konstantin Simonovning "Jdi menya", Yakov Galiskiyning "Siniy platochek" she`rlariga bastalangan qo`shiqlar yangradi.
O`zA xabariga ko`ra, konsert harbiy orkestr va milliy ijrochilar ishtirokida davom etmoqda.
09.05.2018 06:20
Bayram dasturida atoqli shoir va san`atkorlarimizning she`r va qo`shiqlariga keng o`rin berilgan






