AsosiyJamiyat

Xalqimiz urush yillarida oxirgi burda nonini ham evakuasiya qilinganlar bilan baham ko`rgan

'Xalqimiz urush yillarida oxirgi burda nonini ham evakuasiya qilinganlar bilan baham ko`rgan'ning rasmi

Bayram tantanasi o`tkazilayotgan Botanika bog`ida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 1941 – 1945 yillarda mamlakatimiz sobiq Ittifoq miqyosidagi ulkan gospitalga aylangani, bu erda minglab jangchilar davolanib, frontga qaytganini ta`kidladi, deb yozadi O`zA.

– O`sha suronli yillar haqida gapirganda, xalqimizning olijanob gumanistik fazilatlari to`g`risida har qancha faxrlanib, g`ururlanib so`z yuritsak, arziydi, albatta, – dedi davlatimiz rahbari.

O`zbekiston urush tufayli uy-joyi, ota-onasi va qarindoshlaridan ajralgan, front hududlaridan ko`chirib keltirilgan qariyb 1 million kishini o`z yaqinlaridek kutib oldi. Ularning 200 ming nafari bolalar edi. Yuzlab o`zbek oilalari evakuasiya qilingan etim bolalarni o`z tarbiyasiga oldi. Oxirgi burda nonini ham ular bilan baham ko`rdi. Va ana shunday buyuk insonparvarlik yuksak ma`naviy jasorat namunasi sifatida butun dunyoda e`tirof etildi.

Ikkinchi jahon urushi yillarida toshkentlik Shomahmudovlar oilasi 14 nafar, kattaqo`rg`onlik Samadovlar oilasi 12, buxorolik Jo`raev va Ashurxo`jaevlar oilasi 8 nafardan bolani o`z bag`riga olgan. Xotira va Qadrlash kuni nishonlanayotgan shu kunlarda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan poytaxtimizdagi Xalqlar do`stligi maydoniga toshkentlik temirchi Shomahmudovlar oilasiga bag`ishlangan haykal qayta o`rnatildi.

    Boshqa yangiliklar