Avtomobil ishlab chiqarishda etakchilardan bo`lgan Nissankompaniyasi dizel yoqilg`isiga qarshi ekanligini ma`lum qildi, deb xabar berdi RIA novosti nashri.
Kompaniya Evropa mamlakatlarida dizel yordamida harakatlanadigan avtomobillar savdosini to`xtatadi. Ushbu qarorYaponiyaningatrof-muhitni muhofaza qilish sohasini tartibga solish to`g`risidagi qaroridan so`ng qabul qilindi.
Nissan so`ngi yillarda bu kabi avtomobillarga bo`lgan talab toboro kamayib borayotganini ma`lum qildi. Kompaniya Evropa bozorlariga mo`ljallangan yangi moddellarga dizel dvigatellarini o`rnatishni istamaydi.
Uning elektr transport vositalarini ishlab chiqarishga qaratilgan rejalari 2022 yildan boshlab to`liqamalga oshiriladi. Ushbu qaror Angliyada joylashgan Nissan zavodidagi yuzlab ishchilarni xavotirga solmoqda.
Bu erda yiliga 500 ming dona dizel yordamida harakatlanuvchi amtomobil yig`iladi. O`tgan yili ushbu ko`rsatkich 35 foizga tushib ketgan. Bu esa zavod ishchilari soni qisqarishiga olib kelishi mumkin.






