Gvatemala va Gonduras hududidagi ko`rfaz hozirda chiqindilar bilan to`lgan, deb xabar berdi RIA novosti nashri.
Ushbu vaziyatdan tashvishga tushganGvatemala hukumati uni tozalash loyihasini amalga oshirmoqda.
Gvatemala atrofni muxofaza qilish vazirligiva xukumat vakillariko`rfaz tobora ifloslanib borayotganidan tashvishga tushgan. Shu sababli uni avvalgi holatiga qaytarish maqsadida tozalash loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyihaga ko`ra, to`rdan yaratiladigan "bio to`siqlar " ko`rfaz bo`ylab joylashtirib chiqiladi. Suvdagi barcha chiqindilar esa kelib, to`rlarga yig`iladi. Shu yo`l bilandaryo chiqindilardan tozalanadi. Suv yuzasida elim idishlar, yog`och bo`laklari yig`ib olingach, qayta ishlash markazlariga yuboriladi. Ko`rfazni tozalash loyihasi uchun maxsus jamoa biriktirilgan.
“Biz chiqindilar daryo orqali qo`shni Gondurasdagi dengizga chiqib ketishidan xavotirdamiz.Ifloslanish suv yuzasida bo`lsauni tozalash mumkin. Biroq, suv ostiga cho`kkan chiqindilar katta muammodir” dedi atrof-muhit vazirligi xodimi Kustavo Vargas.
Bundan avval xam ushbu loyihadan keng foydalanilgan bo`lib, bir qancha daryolar va plyajlar“bio devor” yordamida tozalangan. Dastur hozirga qadar mamlakatdagi 60 foiz daryolarni ekologik jihatdan avvalgi holatga kelishiga yordam bergan.






