O`zbekiston velosiped sporti Federasiyasi hamda O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi 12 may kuni Toshkent shahrida “15-may Xalqaro oila kuni” munosabati bilan “Sog`lom oila – jamiyat boyligi” shiori ostida havaskor xotin-qizlar o`rtasida velotur tashkil qiladi. Musobaqa 18–30, 31–44 hamda 45 yosh toifalarida bo`lib o`tadi.
Ma`lumot uchun, velotur Toshkent shahar, Yashnobod tumanidagi «Korzinka Aviator» savdo majmuasidan “Mirzo Ulug`bek” ko`chasigacha, “Mirzo Ulug`bek” ko`chasi va “Taraqqiyot” ko`chalari kesishgan joyidan «Korzinka Aviator» savdo majmuasigacha o`tkazilishi belgilangan. Ishtirokchi havaskor xotin-qizlar musobaqada o`z velosipedlari bilan qatnashishlari lozim. Musobaqa ishtirokchilarini ro`yxatdan o`tkazilish soati 07:00 dan 09:00 gacha bo`lib o`tadi. Musobaqa 10:00 da boshlanadi.
Tashkilotchilar bilan bog`lanish uchun: O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi (+99871- 244-03-80), O`zbekiston velosiped sporti Federasiyasi (+99871-237-47-44)






