AsosiyDunyo

OAV: O`tgan yili AQShdan Kanadaga 26 mingdan ortiq noqonuniy muhojir kelgan

'OAV: O`tgan yili AQShdan Kanadaga 26 mingdan ortiq noqonuniy muhojir kelgan'ning rasmi

2017 yil aprelidan boshlab 26 mingdan ziyod noqonuniy muhojirlar AQShning Kanada bilan chegarasidan o`tgan.

Bu haqida "GlobalNews" telekanali Kanadaning jamoatchilik xavfsizligi va fuqarolikni himoya qilish vazirligi ma`lumotlariga asoslanib xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Amerika–Kanada chegarasidan o`tgan 26 ming 250 kishidan 243 nafari turli sabablarga ko`ra deportasiya qilingan. Yana 200 nafar noqonuniy muhojirlar yaqin orada o`z vatanlariga majburan qaytishlari kerak. Qolganlar bilan mamlakat migrasiya xizmati shug`ullanmoqda. Ular hozircha, muhojirlarning vaqtinchalik yashash joylarida istiqomat qilishadi. Aksariyat noqonuniy muhojirlar odatda KanadagaKvebek, Ontario va Manitoba provinsiyalari orqali o`tishadi. Ularning aksariyati Gaiti va Nigeriyaliklardir.

Kanadaga AQShdan noqonuniy muhojirlarning kelishi 2017-yil boshidan ko`paydi. Ular prezident Donald Trampning qat`iy immigrasiya siyosati sababli Qo`shma Shtatlardan deportasiya qilinishlaridan cho`chishgani sababli shunday yo`l tutishyapti.

    Boshqa yangiliklar