Bugun General - mayor Sobir Rahimov haykalining tarixiy joyiga o`rnatilishiga bag`ishlangan tantanali tadbir bo`lib o`tdi. Bu haqda shahar hokimligining matbuot xizmati xabar berdi.
Tadbirda veteranlar, yoshlar, Toshkent shahar hokimiyati vakillari va generalni xotirlash uchun yig`ilgan harbiylar ishtirok etishdi.
Ushbu tadbir shodlik va quvonch ruhida bo`lib o`tdi. Mahobatli haykalga nazar solishga yig`ilgan mehmonlarning qalblari shodu-xurramlikka to`ldi.
Endilikda obodonlashtirilgan yangi maydon poytaxtimiz aholisi uchun sevimli joylardan biriga aylanadi.










