AsosiyJamiyat

O`zbekistonda “Evropa kunlari” tadbirlari o`tkaziladi

'O`zbekistonda “Evropa kunlari” tadbirlari o`tkaziladi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda 9-31 may kunlari davomida “Siz EIni bilasizmi?” nomli viktorina o`tkaziladi. Har kuni EIning O`zbekistondagi delegasiyasi sahifalarida Evropa Ittifoqiga oid savollar joylab boriladi. Unda qatnashib yaxshi natija ko`rsatgan qatnashchilar EIning O`zbekistondagi ofisiga taklif etiladi va sovg`alar bilan taqdirlanadi, deb yozadi O`zA.

Eduard Stiprays O`zbekistonda “Evropa kunlari” doirasida bo`lib o`tadigan tadbirlar haqida ma`lumot berdi.

9 may – “Evropa kunlari” bayrami arafasida Evropa Ittifoqining O`zbekistondagi delegasiyasi rahbari Eduards Stiprays jurnalistlar uchun matbuot anjumani o`tkazdi.

9 may sanasida Evropa kuni nishonlanadi. Ushbu sana 1950 yildan buyon nishonlanib kelinadi. Shu kuni Robert Shuman Evropa Ittifoqi tinchlik, rivojlanish va umumiy qadriyatlarga intilishi tufayli birlashgan olti mamlakat birligiga asos solgan mashhur nutqini o`qib bergan edi.

Bugun Evropa Ittifoqi tarkibida umumiy qadriyatlar bilan 28 ta mamlakat birlashgan.

Anjumanda Eduard Stiprays O`zbekistonda “Evropa kunlari” doirasida bo`lib o`tadigan tadbirlar haqida bayonot berdi.

Stipraysning ma`lum qilishicha, joriy yilning 10 may sanasida Toshkentda “Evropa kunlari” munosabati bilan rasmiy qabul bo`lib o`tishi kutilmoqda. Ushbu marosimda hukumat, xalqaro tashkilotlar, diplomatik korpus vakillari, hamkorlar va jurnalistlar qatnashishi kutilmoqda.

Evropa Ittifoqining O`zbekistondagi Delegasiyasi O`zbekistonda “Evropa kunlari” doirasida bir qator tadbirlarni o`tkazishni rejalashtirmoqda.

Xususan, ijtimoiy tarmoqlarda 9-31 may kunlari davomida “Siz EIni bilasizmi?” nomli viktorina o`tkaziladi. Har kuni EIning O`zbekistondagi delegasiyasi sahifalarida Evropa Ittifoqiga oid savollar joylab boriladi. Unda qatnashib yaxshi natija ko`rsatgan qatnashchilar EIning O`zbekistondagi ofisiga taklif etiladi va sovg`alar bilan taqdirlanadi.

11-18 may sanalarida Toshkentda Erasmus + Milliy ofisi Evropada oliy ma`lumot olish imkoniyatlariga bag`ishlangan tadbirlarini o`tkazadi.

2018 yilning 25 may sanasidan 30 mayga qadar Toshkentda EIning mashhur va sevimli loyihalaridan biri – Evropa kino festivali kunlari bo`lib o`tadi. Festivalda Evropaning 8 davlati – Germaniya, Latviya, Ruminiya, Finlandiya, Fransiya, Chexiya, Shveyyariya va Sloveniya kabi mamlakatlarning milliy kinolari namoyish etiladi. Doimgidek, ana`naviy tarzda kinolarga kirish bepul.

Evropa kinosi festivali kunlari Toshkentda oltinchi bora o`tkazladi. Kuz oyida festival Farg`ona va Termiz shaharlarida o`tkazilishi ham ko`zda tutilgan.

Joriy yilning 8 iyunidan 18 iyunigacha Toshkent fotografiya uyida “EI O`zbekiston barqaror hamkorligi yo`lida: an`anaviy qadriyatlar va yangi imkoniyatlar doirasida” mavzusidagi fotoko`rgazma tashkil etiladi.

    Boshqa yangiliklar