AsosiyJamiyat

Innovasion g`oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar markazlari tashkil etiladi

'Innovasion g`oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar markazlari tashkil etiladi'ning rasmi

Faol tadbirkorlik va innovasion faoliyatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaratish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risidagi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq davlat-xususiy sheriklik shartlarida Innovasion g`oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar markazlari tashkil etiladi.

Markazlar o`z faoliyatini tijorat asosida amalga oshiradi va tashkil etilgan paytdan boshlab besh yil muddatga barcha turdagi soliqlarni to`lashdan ozod etiladi.

Farmon bilan markazlarning asosiy vazifalari belgilandi. Xususan markazlar innovasion loyihalar-startaplarni ishlab chiqish, sinovdan o`tkazish va o`zlashtirish, innovasion faoliyat natijalarini transfer qilish va tijoratlashtirishni amalga oshiradi.

Markazlarni tashkil etishda quyidagilar davlat-xususiy sheriklikning asosiy shartlari hisoblanadi:

  • markazlarni tashkil etish va ularga tegishli infratuzilmani qurish uchun zarur er uchastkalari, bo`sh binolar xususiy sheriklarga haq undirilmasdan, to`g`ridan-to`g`ri muzokaralar asosida ajratiladi;
  • markaz binolarini qurish uchun er uchastkalarini tanlash belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan, Innovasion rivojlanish vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi;
  • davlat va xususiy sheriklar tenglik asosida markazlarning ta`sischilari sifatida ishtirok etadi;
  • davlat-xususiy sheriklik to`g`risidagi kelishuv markazlar davlat ro`yxatidan o`tkazilgan kundan boshlab yigirma yil muddatgacha tuziladi;
  • markazlar faoliyatining yo`nalishi davlat-xususiy sheriklik to`g`risidagi kelishuv amal qilishining butun muddati davomida saqlanib qoladi;
  • markazlarning intellektual mulk ob`ektlarini davlat ro`yxatidan o`tkazishga qilingan xarajatlarini qoplash Innovasion rivojlanish va novatorlik g`oyalarini qo`llab-quvvatlash jamg`armasi mablag`lari hisobidan amalga oshiriladi;
  • davlat sherigi iqtisodiyot tarmoqlariga innovasiyalarni joriy etishni rag`batlantirish, jumladan, ishlab chiqariladigan mahsulotlarni davlat xaridlari doirasida tijoratlashtirish imkoniyatlarini kengaytirish bo`yicha shart-sharoitlarni yaratishga ko`maklashish majburiyatini oladi.

Farmon bilan shuningdek davlat va xo`jalik boshqaruv organlari rahbarlariga o`zlarining tarmoq ixtisosliklarini hisobga olgan holda mablag`lari Markazlarning tadqiqotlari va ishlanmalarini moliyalashtirishga yo`naltiriladigan, jumladan, ularning ustav kapitaliga kirish orqali korporativ venchur fondlarni tashkil qilish tavsiya etildi.

    Boshqa yangiliklar