2014 yil 10 iyul kuni Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Axmet Davuto`g`lu O`zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tashrif doirasida Toshkent shahrida ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar o`tkazish hamda o`zbek-turk munosabatlarining holati va istiqbollari, halqaro va mintaqaviy ahamiyatga ega dolzarb masalalar muhokama qilinadi.
Turkiya Tashqi ishlar vazirini O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov qabul qiladi.





