2018 yilda Toshkent shahridagi uchta tumanda to`rtta zamonaviy oilaviy poliklinika barpo etiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Jumladan, ulardan ikkitasi Yunusobod tumanida, qolganlari Yashnobod va Uchtepa tumanlarida quriladi. Tibbiyot muassasaslarining har biri 250 o`ringa mo`ljallanadi.
Toshkent shahar hokimi qarori bilan poliklinikalar uchun er maydonlari ajratilgan.






