AsosiyJamiyat

Kimlar Toshkentdagi ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarida bepul davolanishi mumkin?

'Kimlar Toshkentdagi ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarida bepul davolanishi mumkin?'ning rasmi

Prezidentining 2003 yil 26 fevraldagi Farmoni bilan barcha respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari tomonidan Davlat byudjeti mablag`lari hisobiga tibbiy yordam ko`rsatiladigan imtiyozli toifadagi shaxslar ro`yxati tasdiqlangan.

Buning uchun Imtiyozli toifaga kiruvchi bemorlarga order berish, ularni shifoxonaga joylashtirish va davlat byudjeti mablag`lari hisobiga davolash qiymatini to`lash to`g`risidagi nizomga asosan sog`liqni saqlashni boshqarishning hududiy organlari, Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan beriladigan tegishli yo`llanma (order) olinishi lozim.

Orderlar sog`liqni saqlashni boshqarishning hududiy organlari, Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi vrach-tanlash komissiyasining xulosasi asosida beriladi.

Komissiya faqat quyidagi tibbiy hujjatlar mavjud bo`lgan taqdirda bemorlarning imtiyozli toifasini bepul davolashga orderlar berish to`g`risidagi masalani ko`rib chiqadi:

- tibbiy yordam berishning birlamchi muassasasining yo`llanmasi asosida viloyat (respublika, shahar) davolash-profilaktika muassasasi tomonidan berilgan mazkur bemorning Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazida davolanishi maqsadga muvofiqligi to`g`risidagi xulosa;

- bemorning ahvoli to`g`risidagi tibbiy xulosa (bemorning F.I.O., tashxis, bir oydan ortiq bo`lmagan muddatda olingan laboratoriya va instrumental tekshirish natijalari);

- imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjat (pensiya daftarchasi, nogiron guvohnomasi, o`zini o`zi boshqarish organining ma`lumotnomasi).

To`liq ma`lumot:

http://www.lex.uz/pages/getpage.aspx?lact_id=302557#305513

    Boshqa yangiliklar