Yangi prezidentlik muddatiga saylangan Vladimir Putin Rossiya davlati rahbari lavozimiga kirishdi.
Kreml Katta saroyida o`tkazilgan marosimda besh mingdan ziyod kishi ishtirok etgan. Konstitusiyaga qasamyoddan so`ng Putin o`z xalqiga murojaat qilgan.
Prezident o`z nutqida xalqi va Rossiya oldida ulkan mas`uliyatga egaligi, tinchlik va mamlakatning kelgusida gullab-yashnashini ta`minlash o`z burchi ekanini alohida ta`kidlagan.
Eslatib o`tamiz, Vladimir Putin kelgusi olti yilda Rossiya Federasiyasini boshqaradi.
07.05.2018 10:57
Bugun Putin Rossiya prezidentligiga kirishdi






