Polsha janubida joylashgan ko`mir koni qulab tushishi oqibatida 2 kishi voqea joyida halok bo`ldi va 3 nafar inson bedarak yo`qoldi, deb xabar berdi RIA Novosti nashri.
Polshaning Chexiya bilan chegaradosh hududida yuz bergan 3,4magnitudagizilziladan so`ng, ko`mir konida qulash ro`y berdi.Hodisa sodir bo`lgan vaqtda er ostida 250 nafar konchi bo`lgan. Ularning ikki nafari qurbon bo`lgan va bir necha ishchi turli darajada jarohat olgani xabar qilinmoqda. Qutqaruv guruhi odamlarni 900 metr chuqurlikdan olib chiqdi.
Biroq, uch nafar konchi haligacha topilgani yo`q.
“Men bedarak yo`qolgan konchilar guruhidanman. Hech kim bunday hodisa sodir bo`lishini mumkinligini tasavur ham qilmagan edi. Hammasi qisqa vaqt ichida ro`y berdi. Bu juda dahshatli edi”, dedi konchilardan biri.
Voqea joyida 200 ga yaqin qidiruv-qutqaruv guruhi xodimlari ish olib borishdi. Qutqaruv operasiyasiyo`qolgan 3 nafar konchi topilguniga qadar davom etadi. Biroq, taxminlarga qaraganda, ular hayotdan ko`z yumishgan. Qulash sabab shaxtaning barcha qismlari yopilib qolgan bo`lib, ular vayronalar ostida qolmagan taqdirda ham kislorod etishmasligi tufayli halok bo`lgan bo`lishi mumkin.
Mamlakat prezidenti Andjey Duda voqea joyiga keldi va qurbonlarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi.






