Raximova Gyulnoza Abdusattarovna Markaziy saylov komissiyasi raisi o`rinbosari etib saylandi. Bu haqda MSK matbuot xizmati xabar beradi.
Raximova G.A. Toshkent davlat universitetini tamomlagan, mutaxassisligi — huquqshunos. Ko`p yillar davomida prokuratura organlari tizimida mas`ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.
2010 yildan buyon Bosh prokuratura Matbuot xizmati rahbari, jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo`limi boshlig`i bo`lib ishlab kelayotgan edi.






