O`tgan kunlarda Gavayi orollarida kuzatilgan seysmik faollik tufayli sayyoramizdagi eng faol vulqonlardan biri – Kilauea uyg`onib, lava oqimi hududdagi aholi manzilgohi – Leilan Esteytsgachaga etib kelgani haqida xabar bergandik.
OAVning so`nggi ma`lumotlariga ko`ra, vulqon faolligi davom etmoqda. O`nlab yoriqlardan 70 metr balandlikka otilib chiqayotgan lava oqimi hozirgacha 30 ga yaqin xonadonni o`z domiga tortgan. Hududda 10 ming aholi doimiy yashash joyidan ko`chirilgan.
Hawaii News Now portalining ma`lum qilishicha, Kilauea atrofidagi vaziyat hanuz xavfli, vulqonning g`arbiy tarafidagi faollik hali beri to`xtamaydi.






