AsosiyJamiyat

PAYNET savdo belgisi ostida aholidan to`lovlarni qabul qilish faoliyati to`xtatilmaydi

'PAYNET savdo belgisi ostida aholidan to`lovlarni qabul qilish faoliyati to`xtatilmaydi'ning rasmi

Hozirgi vaqtda internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda “O`zbekistonda PAYNET faoliyati to`xtaliladi” mazmunidagi xabarlar tarqalmoqda.

UZPAYNET kompaniyasi shuni ma`lum qiladiki, PAYNET savdo belgisi ostida aholidan to`lovlarni qabul qilish faoliyati to`xtatilmaydi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq banki va «Mikrokreditbank»ining moliyaviy holatini yaxshilash hamda faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qaroriga asosan aholidan to`lovlarni PAYNET savdo belgisi ostida qabul qilish faoliyati O`zbekiston Respublikasi Xalq banki tuzulmasi tarkibida amalga oshiriladi.

To`lovlarni qabul qilish tizimi ish faoliyati uzluksiz va oddatdagidek davom etmoqda.

Hozirda aholiga va to`lov agentlariga qo`shimcha qulayliklar yaratish bo`yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar