Gruziya Milliy banki prezidenti Georgiy Kadagidze mamlakat ertami-kechmi evrozonaga qo`shilishi va o`shanda Gruziya milliy valyutasidan voz kechishiga to`g`ri kelishini ma`lum qildi. Bu haqda “Interfaks” agentligi xabar bermoqda.
“Kun keladi va biz o`z valyutamizdan voz kechamiz. Shu kuni Gruziya Evropa ittifoqining a`zosiga aylanadi va bu evrointegrasiyaning so`nggi bosqichi bo`ladi”,-dedi Milliy bank rahbari.
“Ungacha esa biz milliy valyutaga bo`lgan ishonch avvalgidek qolishi uchun barcha ishni qilamiz”,-deya ma`lum qildi Georgiy Kadagidze. Gruziyaning milliy valyutasi – lari 1995 yil muomalaga kiritilgan.





