AsosiyDunyo

Rekord o`rnatish maqsadida tezlikni oshirgan velopoygachi halok bo`ldi

'Rekord o`rnatish maqsadida tezlikni oshirgan velopoygachi halok bo`ldi'ning rasmi

Fransiyalik velopoygachi Fransua Jissi reaktiv velosipedda dunyo rekordini o`rnatishga harakat qilgan vaqtda halok bo`ldi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.

5 may kuni soatiga 400 kilometr yo`l bosib o`tishni rejalashtirgan fransiyalik velopoygachi Fransua Jissi boshqaruvni yo`qotib, yo`ldan chiqib ketgan.

Velopoygachining Yuqori Reyn departamentiga qarashli uchish-qo`nish yo`lagidan poyga uchun foydalanishga ruxsatnomasi bo`lmagan. Ayni paytda mazkur hodisa yuzasidan surushtiruv ishlari olib borilmoqda.

2014 yilda Jissi reaktiv velosipedda soatiga 333 kilometr yo`l bosib, rekord o`rnatgan edi. Bu safar u soatiga 400 kilometr yo`l bosib, yangi dunyo rekordini o`rnatishni rejalashtirgan edi.

    Boshqa yangiliklar