Rossiyalik fazogir Oleg Artemev ufq ortiga berkinayotgan Oyning videosini suratga oldi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.
Mazkur kadr Xalqaro fazo stansiyasi illyuminatoridan videoga olingan. Ayni paytda Xalqaro fazo stansiyasida rossiyalik Anton Shkapplerov, NASA dan Skott Tingl, Endryu Foystel, Richard Arnold va yaponiyalik Norisige Kanai kabi fazogirlar ham Oleg Artemev bilan birgadir. Ular stansiyaga 2018 yilning 15 mart kuni yo`l olishgan edi.






