Yaponiyaning Okinava prefekturasida “Noguri” tayfuni yaqinlashayotgani sababli 590 ming kishi evakuasiya qilinadi. U erda shamol 50,2 m/s tezligi bilan esayotgani qayd etildi. Bu haqda "RIA Novosti" xabar bermoqda.
Meteorologlarning bergan ma`lumotlariga ko`ra, chorshanba kuni Okinavada shamol 45 m/s, ayrim hududlarda esa 65 m/s tezligida esadi (25-30 m/s shamol tezligida odam qulashi mumkin).
Kyusyu orolida shamol tezligi 25-30 m/s bo`lishi kutilmoqda. Qayd etishilicha, tayfun bilan bir vaqtda kuchli yomg`ir ham keladi.
Hozirda tayfun Tinch okeanida bo`lib turibdi, uning tezligi soatiga 30 kilometrni tashkil etmoqda. Yaponiya meteorologiya bosh boshqarmasining ma`lumotiga ko`ra, tayfun 9 iyul kuni mamlakatning janubiy qismiga etib keladi. Agarda uning yo`nalishi va harakati o`zgarmasa, juma kunga kelib, tayfun Tokioga etib keladi.





