AsosiyJamiyat

“Uzpaynet“ MChJ tugatiladi

'“Uzpaynet“ MChJ tugatiladi'ning rasmi

Xalq banki va “Mikrokreditbank”ining moliyaviy holatini yaxshilash hamda faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risidagi Prezident qarori qabul qilindi, deya xabar bermoqda Adliya vazirligining Telegram’dagi «Huquqiy axborot» kanali.

Qaror bilan Xalq banki va Mikrokreditbankni yanada rivojlantirishning ustuvor yo`nalishilari belgilab berildi.

Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo`llab-quvvatlash davlat jamg`armasiga qishloq joylarida oilaviy va kichik tadbirkorlik, hunarmandchilik, chorvachilik va quyon etishtirishni rivojlantirishga ajratiladigan kreditlar bo`yicha kafillik berishdamazkur banklar bilan hamkorlikni kengaytirish topshirildi.

Qarorga muvofiq, “Uzpaynet“ MChJ tugatiladi va Xalq bankida jismoniy shaxslardan etkazib beruvchilar oldidagi o`z pullik majburiyatlarini bajarish uchun to`lovlar qabul qilish xizmatlarini ko`rsatish bo`yicha tarkibiy bo`linma tuziladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar