AsosiySport

Bahodir Jalolov: «Olimpiya o`yinlarining oltin medalini olishim kerak, chunki vatanimdan qarzim bor»

'Bahodir Jalolov: «Olimpiya o`yinlarining oltin medalini olishim kerak, chunki vatanimdan qarzim bor»'ning rasmi

Bahodir Jalolov bugun professional ringdagi ilk jangini o`tkazdi va g`alaba qozondi.

«Jang juda yaxshi o`tdi. Raqibim meksikalik tajribali charm qo`lqop ustasi edi. Bellashuv uchun taktika ishlab chiqdik va g`alaba qozona oldik. Ushbu yutuqni yurtdoshlarimga bag`ishlayman. Chunki, xalqimni duosi bilan mana shu muvaffaqiyatga erishdim.

Bizga sharoit yaratib berayotgan Milliy olimpiya qo`mitasiga minnatdorchilik bildirmoqchiman. E`tibor uchun rahmat aytaman. Keyingi jangimni iyun oyida tashkil qilamiz. Raqib hozircha noma`lum.Oldimga qo`ygan maqsadim katta. Nasib qilsa 2020 yilda Tokioda o`tadigan Olimpiya o`yinlarida ishtirok etaman.

U erda oltin medalni qo`lga kiritishim kerak. Chunki, vatanimdan oltin medal qarzim bor. Nasib qilsa Olimpiya o`yinlari chempioni bo`laman. Va albatta professional boksda ham chempionlik kamarini qo`lga kiritib, O`zbekistonni yanada dunyoga tanitaman. Og`ir vazn toifasidagi chempionlik kamari nasib qilsa bir kun kelib menda bo`ladi», – dedi Bahodir Jalolov Milliy olimpiya qo`mitasi matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

    Boshqa yangiliklar