Osiyo chempioni, jahon chempionati sovrindori Bahodir Jalolov bugun AQShda professional ringdagi ilk jangini o`tkazdi, deb xabar bermoqda MOQ.
Ushbu jangda hamyurtimizga meksikalik Ugo Truxilo raqiblik qildi. Keskin jangda hamyurtimiz raqibini uchinchi raundda nokautga uchratdi va debyut jangida g`alabasini nishonladi.






