AsosiyJamiyat

Yoshlar muammolarini o`rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutiga o`qishga kirish tartibi belgilandi

'Yoshlar muammolarini o`rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutiga o`qishga kirish tartibi belgilandi'ning rasmi

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 4 maydagi qarori bilan Davlat boshqaruvi Akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini o`rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutiga tinglovchilarni o`qishga qabul qilish tartibi to`g`risida nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq institutga tinglovchilarni o`qishga qabul qilish qayta tayyorlash (to`rt oylik) va malaka oshirish (bir oygacha) shaklida amalga oshiriladi.

Institutning qayta tayyorlash o`quv kurslariga 30 yoshdan oshmagan O`zbekiston fuqarolari, oliy ma`lumotli va oliy ta`lim muassasasini tugatgandan keyin kamida 2 yil ish stajiga ega bo`lgan davlat organlari
va boshqa tashkilotlarning rahbar xodimlari va mutaxassislari test sinovi va suhbat orqali ochiq tanlov asosida qabul qilinadi.

Institutdagi o`qish davrida tinglovchilarning o`rtacha ish haqi saqlanadi. Institutning qayta tayyorlash o`quv kurslariga kirish sinovlari test va suhbat shaklida o`tkaziladi. Suhbat jarayoni videotasvirga olinadi. Kirish sinovlari nomzodlarning tanloviga ko`ra ikki tilda — davlat tilida yoki rus tilida o`tkaziladi.

Institutda Yoshlar ittifoqi buyurtmasi asosida quyidagi malaka oshirish o`quv kurslari tashkil etiladi:

  • davlat organlari va boshqa tashkilotlarning yosh istiqbolli kadrlari malakasini oshirish;
  • Yoshlar ittifoqining boshlang`ich tashkilot etakchilari hamda Etakchilar Kengashi raislari malakasini oshirish.

Institutning malaka oshirish o`quv kurslari tegishli tashkilotlarining buyurtmasiga binoan to`lov-kontrakt shartnomasi asosida tashkil etilishi mumkin.

Shuningdek, mazkur Hukumat qarori bilan Yoshlar muammolarini o`rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutida tashkil etiladigan qayta tayyorlash va malaka oshirish o`quv kurslariga qo`yiladigan davlat talablari tasdiqlandi.

Davlat talablarida ko`rsatilishicha qayta tayyorlash o`quv kurslarida o`qish kasbiy faoliyatdan ajralgan holda, malaka oshirish o`quv kurslarida o`qish kasbiy faoliyatdan ajralgan yoki ajralmagan holda, shuningdek masofaviy ta`lim texnologiyalaridan foydalanish asosida amalga oshirilishi mumkin.

Qayta tayyorlash o`quv kursini to`liq o`zlashtirgan hamda malakaviy amaliyot (stajirovka)ni muvaffaqiyatli o`tagan tinglovchilar yakuniy attestasiyaga kiritiladi.

Qayta tayyorlash va malaka oshirish o`quv kurslari tinglovchilarini attestasiyadan o`tkazish bo`yicha Institut direktorining buyrug`i bilan attestasiya komissiyasi tuziladi.

Attestasiya komissiyasi qayta tayyorlash va malaka oshirish o`quv kurslari tinglovchilarini quyidagi shakllarda attestasiyadan o`tkazadi:

  • qayta tayyorlash kurslari tinglovchilari uchun bitiruv malakaviy ishi himoyasi;
  • malaka oshirish o`quv kurslari tinglovchilari uchun kurs ishi himoyasi.

    Boshqa yangiliklar