AsosiyJamiyat

Qirg`izistonda yashovchi O`zbekiston fuqarolari uchun konsullik qabuli bo`lib o`tadi

'Qirg`izistonda yashovchi O`zbekiston fuqarolari uchun konsullik qabuli bo`lib o`tadi 'ning rasmi

O`zbekistonning Bishkek shahridagi elchixonasi xabariga ko`ra 2018 yilning 11—12 may kunlari O`sh shahrida Qirg`izistonning O`sh, Jalolobod va Botken viloyatlari hududida vaqtinchalik yoki doimiy yashovchi O`zbekiston fuqarolari uchun sayyor konsullik qabuli bo`lib o`tadi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Sayyor konsullik qabuli Qirg`iziston hukumatining O`sh shahridagi Vakolatli vakilligi binosida bo`lib o`tadi.

Fuqarolarni qabul qilish (0312) 98-62-96 telefon raqami orqali yoki elchixona veb-saytidagi elektron tizimida oldindan ro`yxatga olish orqali amalga oshiriladi.

    Boshqa yangiliklar