AsosiyJamiyat

Toshkent shahar hokimi urush faxriylariga Prezidentining esdalik sovg`alarini topshirdi

'Toshkent shahar hokimi  urush faxriylariga Prezidentining esdalik sovg`alarini topshirdi'ning rasmi

Toshkent shahar xokimligi 9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan poytaxtimizning har bir tumanidagi urush qatnashchilari, mehnat faxriylari holidan xabar olib, bayramona kayfiyatni ulashmoqda.

4 may kuni Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo`jaev bir qator urush faxriylari xonadonlarida bo`lib, Prezidentining esdalik sovg`alarini topshirdi. Bu haqda hokimlik axborot xizmati xabar berdi.

Hukumatimiz, xalqimiz ardog`ida bo`lgan bu nuroniylar, ularga ko`rsatilayotgan g`amxo`rlikdan mamnun. Tilidan shukrona tushmaydi. Duolarida yurtimiz tinchligi, ozodligi, obodlik va farovonlik, taraqqiyot bardavom bo`lishligini tilaydi.

Keksalarni qadrlagan va ularga munosib hurmat ko`rsatgan, yoshlarni har tomonlama qo`llab – quvvatlagan, xotirasi uyg`oq millat va xalq hech qachon kam bo`lmaydi.

    Boshqa yangiliklar