O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasining professor-o`qituvchilar hamda kursantlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, akademiya faxriysi, iste`fodagi podpolkovnik Mityakin Ivan Pavlovichning xonadoniga tashrif buyurdi, deb yozadi O`zA.
Chilonzor tumanida yashovchi 94 yoshli podpolkovnik Ivan Mityakinning yo`qlovdan boshi osmonga etdi. Faxriy davlatimiz tomonidan ko`rsatilayotgan g`amxo`rlik, yuksak e`tibor uchun cheksiz minnatdorligini bildirdi.
Otaxonga Prezidentimiz nomidan bayram tabrigi, pul mukofoti va qimmatbaho sovg`alar topshirildi.



Akademiya orkestri jamoasi tomonidan ijro etilgan kuy-qo`shiqlar faxriy istiqomat qilayotgan mahalla ahliga xush kayfiyat ulashdi.






