Amerikaning Illinoys shtatidagi Mettun shahrida yashovchi ikki uy bekasi tovalar yordamida bir-biriga tan jarohati etkazgani uchun qamoqqa olindi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.
Maishiy muammolar tufayli ikki ayol o`rtasida janjal chiqqan. Polisiya 24 yoshli Taytiya Kushman (Tytia Cushman) va 22 yoshli Bruk Belts (Brooke Beltz)larni qo`lga olgan.
Nashrning xabar berishicha, Kushman Beltsni bir necha marotaba mushtlagan, keyin esa tovadan qurol sifatida foydalanib, uni kaltaklagan. Belts ham o`z navbatida tovaning qopqog`ini olib, raqibasining boshiga tushirgan.
Ayni paytda ayollar qamoqqa olingan. Ularning har ikkalasi ham javobgarlikka tortiladi.






