AsosiyDunyo

Tutqinlikda saqlangan orangutan noqulay yashash sharoitidan semirib ketdi

'Tutqinlikda saqlangan orangutan noqulay yashash sharoitidan semirib ketdi'ning rasmi

Tailandning Bangkok hayvonot bog`ida saqlangan orangutan noqulay yashash sharoitidan semirib ketdi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.

Maymunning bunday achinarli holga kelib qolganligiga fotojurnalist va teleboshlovchi Aaron Gekovski (Aaron Gekoski) e`tibor qaratdi. “Mazkur orangutan semirishning og`ir formasidan aziyat chekmoqda. Chunki unga ko`p ovqat beriladi, harakatlanishi uchun esa joy torlik qiladi” dedi u.

Gekovski maymunning erda qimirlamay o`tirishidan taajjubga tushdi. Chunki bu maymunlar uchun xos bo`lmagan odatdir, ular yovvoyi tabiat qo`ynida shox-shabbalarga osilib kun kechirishadi.

    Boshqa yangiliklar