AsosiySport

Toshkentda «Velosiped sporti faxriylari» velomarafoni o`tkazildi (foto)

'Toshkentda «Velosiped sporti faxriylari» velomarafoni o`tkazildi (foto)'ning rasmi

Bugun O`zbekiston velosiped sporti federasiyasi tashabbusi bilan poytaxtimizdagi «Paxtakor» stadionida Xotira va qadrlash kuniga bag`ishlangan «Velosiped sporti faxriylari» velomarafoni tashkil qilindi.

Musobaqani o`tkazilishidan asosiy maqsad keksa avlod vakillarini ijtimoiy hayotdagi faolligini oshirish, sport faxriylari misolida sog`lom turmush tarzini targ`ib etish, velosiped sporti turini ommalashtirish, kundalik hayotda velosipeddan foydalanish orqali jismoniy chiniqish va ekologiyani asrashdan iboratdir.

5 km masofaga o`tkazilgan velopoygada musobaqa qizg`in kechdi. 50 yoshdan 64 yoshgacha bo`lgan ishtirokchilar o`rtasida Rustam Gubaev birinchi o`rinni egalladi. Mirali Xayrullaev ikkinchi o`rinni qo`lga kiritgan bo`lsa, uchinchi pog`ona Ilxom Abdullaevga nasib qildi.

65 yoshdan yuqori bo`lgan ishtirokchilar o`rtasidagi bellashuvlarda esa birinchi o`rinni Viktor Klimenkov qo`lga kiritdi. Ikkinchi va uchinchi o`rinlardan mos ravishda Boris Popov va Aleksandr Ordinlar joy olishdi.

Barcha ishtirokchilarga O`zbekiston velosiped sporti Federasiyasi tomonidan sovg`alar tarqatildi.

MOQ matubot xizmati xabariga ko`ra, g`oliblarga esa diplom va qimmatbaho sovg`alar taqdim etildi.

    Boshqa yangiliklar