Joriy yilning aprel oyida Kiev shahrida 722 nafar aholi qizamiq bilan kasallangani qayd etildi.
Ukraina Sog`liqni saqlash vazirligi yil boshidan buyon Ukrainada 12828 nafar fuqaro qizamiqqa chalinganini ta`kidladi. Ularning soni 24 aprel va 2 may oralig`ida 1143 nafarga ko`paygan.
Bu oldingi haftadagi ko`rsatkichlardan oshib ketgan, unda kasallikning avj olishi natijasida 1070 nafar fuqaro qizamiqqa chalingan edi.
Ta`kidlanishicha, hozirgi kunda kasallikka chalinganlarning aksariyati katta yoshdagilardir bo`lib, ular 595 nafarni, bolalar esa 548 nafarini tashkil etadi.
Eng yuqori kasallanish darajasi hali ham Ivan-Franko viloyatida yuqoriligicha qolmoqda, unda kasallanganlar soni 2034 nafarni, eng kam kasallanganlar esa Lugansk viloyatida 6 nafarni tashkil etadi.






