Bu ikki ijodkor tasvirga olish jarayonida ko`p bora uchrashishgan. Ammo ish bilan bo`lib o`zlarini qiziqtirgan savollarga bir-biridan javob olisholmagan. Quyida, mashhur klipmeyker Narimon Sultonxo`jaev o`zini qiziqtirgan savollar bilan Jasur Umirovga yuzlandi...
— Yolg`on gapirishga nima majbur qilishi mumkin?
— Odatda yolg`on gapirmaslikka harakat qilaman. Ammo mushkul vaziyatlardan chiqish, muammoni hal qilish, yaxshilik uchun biroz yolg`on ishlatishim mumkin. Bu holat juda kamdan-kam hollarda bo`ladi.
— Erkak va ayol do`st bo`lishi mumkinmi? Qaysi ayol hamkasblaringiz bilan do`stsiz?
— Aynan shu mavzuda do`stlarim bilan juda ko`p bahslashaman. Men erkak va ayol do`st bo`lishi mumkin degan fikrga butkul qarshiman. Chunki ayollar baribir ayolligiga boradi, ya`ni ular bilan hech qachon sirlashib bo`lmaydi. Ular sir saqlay olishiga ham ishonmayman
— Mening qaysi kamchiligimni o`zimga aytolmaysiz?
— Tasvirga olish jarayonida juda ko`p baqirasiz. Bu odatingiz bilan boshqalarni ham, o`zingizni ham juda charchatasiz. Xotirjam va asabiylashmasdan ishlashni o`rganishingiz kerak.

— Qaysi xonanda bilan duet kuylamagan bo`lardingiz?
— Hamkorlik qilishni istamaydigan, duet kuylash taklifini bildirsa ham, rad etishim mumkin bo`lgan hamkasblarim ko`p. Lekin ularning ismini hammaga aytishim shart emas, deb hisoblayman.
Saytimizni kuzatib boring. Birozdan so`ng, Narimon Sultonxo`jaev, Jasur Umirovning savollariga javob beradi.






