Savol: Soch oldirishning odoblari bormi? Iltimos, shu haqda ma`lumot bersangiz?
Javob: Soch oldirishda qiblaga qarab o`tirish, sochni boshning o`ng tomonidan boshlab olish va olingan sochni ko`mish, soch oldirishning odoblaridir.
Imom A`zam (rahmatullohi alayh) aytadi: “Makka yo`lida Ato ibn Rabohga soch oldirganimda sartarosh mendan uchta xato topdi:
- Yuzimni qiblaga qaratib o`tirishimni aytdi.
- Boshimni u tarafga qilgan edim. Oldiniga o`ng tarafingni keltir, dedi.
- Sochimni olib bo`lgach, turib ketmoqchi edim. Sochingni erga ko`m, dedi”.
Kishi junublik vaqtida soch va tirnoq olishi makruhdir (“Hidoya”, “Maslakul muttaqin”).
muslim.uz dan olindi






