"The Guardian" nashri Londonning Rossiyaga qarshi ittifoq tuzish rejalaridan xabar topdi.
Nashrning o`z manbasiga asoslanib yozishicha, Buyuk Britaniya Rossiyaning "soxta axboroti”ga qarshi kurashish va Moskva bilan an`anaviy muloqotni qayta ko`rib chiqishga xorijiy hamkorlarini jalb qiladi. Bu yil o`tkaziladigan G7, G20, NATO va Evroittifoq sammitlari doirasida bu reja amalga oshishi mumkin.
"The Guardian" suhbatdoshi Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Boris Jonson Moskvaning Solsberi, Suriyaning Duma shahridagi voqealarga reaksiyasini “burilish nuqtasi”deb hisoblayotganini, aytib o`tgan. Uningcha, shu asos bilan TIV rahbari Londonning Rossiya dezinformasiyasiga qarshi turish va kimyoviy qurol qo`llaganlarni javobgarlikka tortish borasidagi harakati xalqaro darajada qo`llab -quvvatlanishiga amindir.
Eslatib o`tamiz, London va Moskva munosabatlari Buyuk Britaniya maxsus xizmatlarida ishlayotgan rossiyalik sobiq josus Sergey Skripal bilan bog`liq voqeadan so`ng keskinlashdi. BB tomoni Skripal falaj qiluvchi “Novichok” moddasi ( A234) bilan zaharlangan va bunda Rossiyaning qo`li bor, deb hisoblamoqda. Moskva esa ayblovni keskin rad etmoqda. Shuningdek, g`arb davlatlari ham Suriyaning Duma shahrida kimyoviy qurol qo`llanganini ta`kidlab, Rossiyani Bashar Asad qilmishlariga "ko`z yumishda” ayblamoqda.
04.05.2018 08:25
OAV: London Rossiyaga qarshi ittifoq tuzadi






