Xorijiy mamlakatlarda o`tkaziladigan ko`rgazma, tanlov va yarmarkalarda namoyish etish uchun hunarmandchilik mahsulotlari olib chiqilishining soddalashtirilgan tartibi to`g`risidagi nizom Adliya vazirligida davlat ro`yxatidan o`tkazildi.
Endilikda, qiymati 5000 ming AQSh dollarigacha bo`lgan hunarmandchilik maxsulotlarini Respublika xududidan olib chiqilishida “Hunarmand” uyushmasi Badiiy kengashining xulosasi va Madaniyat vazirligi huzuridagi Badiiy ekspertiza boshqarmasining sertifikati asos bo`ladi. Bunda “Hunarmand” uyushmasi hunarmandlarga zaruriy xujjatlarni rasmiylashtirishda amaliy yordam ko`rsatib boradi.
Shuningdek, “O`zbekiston havo yo`llari” milliy aviakompaniyasi xizmatlaridan foydalanilganda ortiqcha yuk uchun 25% chegirmalar taqdim etiladi.
Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida xabar berildi.






