AsosiyDunyo

Alligatorlar tabiiy sharoitda yashashlari uchun daryoga qo`yib yuborildi

'Alligatorlar tabiiy sharoitda yashashlari uchun daryoga qo`yib yuborildi'ning rasmi

Xitoyning Yansizidaryosida tobora yo`qolib borayotgan alligatorlarning yana 6 tasi tabiiy sharoitda yashashlari uchun daryoga qo`yib yuborildi, deb xabar berdi Lenta ru nashri.

Xitoyning Anxu provinsiyasidan oqib o`tuvchi Yansizidaryosiga qo`yib yuborilgan 6 nafar alligatorlarning har biriga maxsus elektron chip o`rnatildi. Endilikda ularning xatti-harakatlarini masofadan turib kuzatish mumkin.

Alligatorlarning bu turi tobora kamayib bormoqda, ular dunyodagi eng xavfli 23 turdagi timsohlardan biri hisoblanadi. Hozirda ularnifaqat Xitoydagina uchratish mumkin.

Jonivorlar daryoga qo`yib yuborishlaridan avval tabiiy sharoitga ko`nikishlari uchun bir qator mashqlar o`tkazildi. Bunga qadar ular mamlakatda yagona bo`lgan sun`iy naslchilik bazasida saqlangan.

Mutaxassislarning fikriga ko`ra, alligatorlar tabiiy sharoitda yaxshi ko`payadi. Bu turdagi jonivorlar 1972 yildan beri birinchi darajali himoya ostiga olingan. 2002 yildan buyon ularni ko`paytirish ustida tadqiqotlar olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar