AsosiyDunyo

“Pushti rang jannat” sayyohlar e`tiborini tortmoqda

'“Pushti rang jannat” sayyohlar e`tiborini tortmoqda 'ning rasmi

YaponiyaningFudziyama hududi minglab sayyohlar e`tiborini o`ziga jalb qilmoqda, deb xabar berdi Lenta ru nashri.

800 mingdan ortiq gullar tog` yon bag`rida o`ziga xos gilam hosil qilmoqda. Fudziyama tog` yon bag`rida barpo etilgangulzor“Pushti rang jannat” nomini oldi. Bu erda 8 turdagi rang-barang gullarni ko`rish mumkin.

Gulzor 2,4 gektar maydonda tashkil etilgan.Uning bunday nomlanishiga esa maydondagi barcha gullar pushti rangda ekanligi sabab bo`ldi. Ushbu bahorgi marosim har yili mayning o`rtalarida bo`lib o`tadi.

Biroq, bu yil havo haroratining issiqligi tufayli mayning ilk kunlaridanoq festival boshlab yuborildi.Hozirda bu erga kelayotgan ko`p sonli sayyohlar va mahalliy aholi vakillari “pushti rang gilam” fonida suratga tushishmoqda. U may oyiningso`ngiga qadar davom etadi.

    Boshqa yangiliklar