Buyuk Britaniyada kompyuter tizimidagi texnik nosozlik tufayli 270 nafarga yaqinayol ko`krak saratoni kasalligi qurboniga aylangan, deb xabar berdi RIA novosti nashri.
Deyarli yarim millionga yaqin ayoltibbiy ko`rikdan o`tish chaqiruv xatini olmagan. Sog`liqni saqlash xizmati tomonidan tekshiruvdan o`tish zarurligi to`g`risidagi xatlar 50 yoshdan 70 yoshgacha bo`lgan mamlakatdagi barcha ayollarga avtomatik tarzdayuborilishi lozim edi.
Biroq, 500 mingga yaqin ayollar xatni olishmagan. Ular hech qachon chaqiruv xatikelmaganini ta`kidlashmoqda.Ma`lum bo`lishicha, tizim 2009 yilda muvafaqqiyatsizlikka uchragan. Shundan so`ng, avtomatik tarzda xabarlar yuborilishida muammolar paydo bo`lgan.
Biroq,shu vaqtga qadar bundan hech kimning xabari bo`lmagan. Hozirda 270 nafar ayol ko`krak saratoni tufayli hayotdan ko`z yumgan bo`lib, agar ular kasallik haqida vaqtida xabar topganlarida buning oldi olingan bo`lishi mumkinligi ta`kidlanmoqda.
Sog`liqni saqlash vaziri Jermi Xant hayotdan ko`z yumgan ayollarning oila a`zolaridan uzr so`radi va mazkur holat yuzasidan tergov ishlari olib borilishini ma`lum qildi.






