AsosiyJamiyat

Fotoreportaj: Poytaxtda 3 may — Jahon matbuoti erkinligi kuni qanday nishonlandi?

'Fotoreportaj: Poytaxtda 3 may — Jahon matbuoti erkinligi kuni qanday nishonlandi?'ning rasmi

Bugun, 3 may — Jahon mutbuoti erkinligi kuni munosabati bilan “Media xoll NAESMI”da “Axborot sohasidagi raqobat hamda bozor munosabatlari rivojlanishi jarayonlarida OAV erkinligini mustahkamlash kafolotlari” mavzusidagi xalqaro davra suhbati bo`lib o`tdi.

Tadbir O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi (O`zEOAVMA), O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo`llab-quvvatlash Jamoat fondi mablag`larini boshqarish bo`yicha Parlament komissiyasi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan O`zbekiston Milliy media kengashi, “International Media Service”, EHXTning O`zbekistondagi loyihalari koordinatori, YuNESKOning O`zbekistondagi vakolatxonasi, Konrad Adenauer nomidagi jamg`armaning Markaziy Osiyo bo`yicha mintaqaviy vakolatxonasi bilan hamkorlikda tashkil qilinmoqda.

Tadbirda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a`zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, davlat va jamoat tashkilotlari, O`zbekiston Respublikasida akkreditasiyadan o`tgan diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar rahbar hamda vakillari, shuningdek, mamlakatimizda faoliyat yurituvchi O`zEOAVMAga a`zo 100 ga yaqin nodavlat teleradiostansiyalar, kabel televideniesi studiyalari direktorlari, bosh muharrirlar hamda ijodiy xodimlari ishtirok etdi.

Shu kuni xalqaro davra suhbati ishtirokchilari uchun qabul marosimi - “Jurnalistlar bahori” an`anaviy milliy festivali City Palace Hotel” mehmonxonasining yozgi bog`ida ham o`tkaziladi. Unda O`zEOAVMAga a`zo hududiy telestansiyalar tomonidan o`z viloyatlariga xos urf-odat va an`analar, milliy taom va liboslar ko`rgazmalari, sahna ko`rinishlari namoyish etiladi. O`zbekiston oshpazlar uyushmasi bilan hamkorligka mohir oshpazlar ishtirokida o`zbek palovi tanlovi ham o`tkaziladi.

Ishtirokchilar nufuzli hakamlar hay`ati tomonidan baholanadi, g`olib va sovrindorlar maxsus diplom, pul mukofotlari va esdalik sovg`alari bilan taqdirlanadilar.

Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori ijrosini ta`minlash maqsadida O`zEOAVMA tomonidan 3 may - Jahon matbuoti erkinligi kuni munosabati bilan YuNESKO, YuNISEFning O`zbekistondagi vakolatxonalari, Konrad Adenauer nomidagi jamg`armaning Markaziy Osiyo bo`yicha mintaqaviy vakolatxonasi bilan hamkorlikda aprel va may oyida O`zEOAVMAga a`zo nodavlat teleradiostansiyalar ijodiy va texnik xodimlari uchun Germaniya, AQSh, Rossiya kabi OAV sohasi rivojlangan davlatlardan taklif etilgan trenerlar ishtirokida seminar-trening, master-klasslar, qator boshqa tadbirlar tashkil qilindi.

    Boshqa yangiliklar