Bugun Chexiya janubida ikki yo`lovchi poezd to`qnashib ketdi. Oqibatda kamida 14 kishi turli darajada jarohat olgan.
Chexiya temir yo`llari boshqarmasi xodimi Marek Illiash poezdlarda umumiy hisobda 50 yo`lovchi bo`lganini ma`lum qilgan. O`rta darajada jarohat olganlar soni 4 nafar bo`lib, ular Cheske-Budeyovise shahri shifoxonalariga etkazilgan.
Taxminlarga ko`ra to`qnashuv mashinistning semafor taqiqlovchi belgisini payqamay, boshqa poezd yo`lagini kesib o`tmoqchi bo`lgani uchun sodir bo`lgan.
Hozirda voqea joyida poezdlar qatnovi vaqtinchalik to`xtatilgan. Polisiya hodisa sabablarini o`rganmoqda.
03.05.2018 11:14
Chexiya janubida yo`lovchi poezdlar to`qnashib ketdi






