Bugun ham Xindistonda noqulay ob-havo sharoiti kuzatilmoqda. Kecha mamlakat shimolida boshlangan qum bo`ronlari va kuchli jala oqibatida 100 ga yaqin inson halok bo`lgan.
Qurbonlarning aksariyati Uttar-Pradesh shtatidan. Toj Mahal me`moriy yodgorligi joylashgan Agra shahrining o`zida 40 dan ziyod inson noqulay ob-havo sharoiti tufayli hayotdan ko`z yumdi. Uttar-Pradeshga qo`shni shtat Rajastonda esa halok bo`lganlar soni 31 taga etgan.
Avvalroq OAV Hindistonda noqulay ob-havo sharoiti tufayli 70 kishi halok bo`lganini ma`lum qilgan edi. Qurbonlar esa soat sayin ko`paymoqda.
Meteorologlar ma`lumotiga ko`ra, yaqin ikki kun ichida Hindiston shimolidagi noqulay ob-havo sharoiti saqlanib qoladi.






