AsosiyJamiyat

Toshkent aeroportida 10 ming dollarlik dori vositalari kontrabandasi aniqlandi

'Toshkent aeroportida 10 ming dollarlik dori vositalari kontrabandasi aniqlandi'ning rasmi

Toshkent xalqaro aeroporti bojxonachilari ko`p miqdordagi dori vositalari va tibbiy buyumlarining respublikaga noqonuniy olib kirilishining oldini olishdi, deb xabar qildi Davlat bojxona qo`mitasi matbuot xizmati.

"Moskva-Toshkent reysi bo`yicha parvozini yakunlagan fuqaro Z.B. bojxona chegarasidan "yashil" yo`lak orqali o`tayotib, yonida taqiqlangan yoki ortiqcha yuklari yo`qligini ma`lum qiladi. Biroq bojxona xodimlarida shubha uyg`otgani sababli uning yuklari belgilangan tartibda bojxona ko`rigidan o`tkazildi va uning qilmishlari fosh bo`ldi", — deyilgan xabarda.

Xabarda aytilishicha, Z.B. yuklar orasida bojxona nazoratiga taqdim qilinmagan va bojxona xodimining og`zaki so`rovi paytida aytilmagan, umumiy narxi dastlabki surishtiruvlarga ko`ra 60 million so`mlik 14 turdagi 409 dona stomatologik tibbiy buyumni olib kirishga uringan ekan.

Xuddi shu reys bilan uchib kelgan yana bir yo`lovchi fuqaro A.J.ga ham bojxona chegarasidan "yashil" yo`lak orqali 29 turdagi 113 dona dori vositalari va tibbiyot buyumlarini olib o`tish "nasib" qilmadi.

Ushbu shaxs qiymati 25 million so`mlik ushbu tovarlar haqida yo`lovchi bojxona deklarasiyasida ham, bojxona xodimlarining og`zaki so`rovi paytida ham ma`lum qilmay turib, olib kirmoqchi bo`lgan paytda to`xtatib qolindi.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar