AsosiyDunyo

Arktikada muzdan Trampning ulkan boshi yasaladi

'Arktikada muzdan Trampning ulkan boshi yasaladi'ning rasmi

Finlarning “Eriyotgan muz” nomli nodavlat ekologlar tashkiloti Trumpmore loyihasi doirasida AQSh prezidenti Donald Trampning ulkan boshini muzdan yasashadi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.

Trampning muzdan yasalgan boshi Er yuzidagi iqlim o`zgarishlari haqidagi ko`rgazmali qurol vazifasini o`taydi. Faollarning ta`kidlashicha, muz bilan birga bu hodisani tan olmagan Trampning boshi ham eriydi.

“Global isish bugunning eng dolzarb muammolaridan biridir. Shunday odamlar ham borki, ular mazkur hodisani tan olishni istashmaydi. Bu yodgorlikni hammamiz uchun yasayapmiz, uning erishdan oldin qancha vaqt saqlanishini kuzatamiz. Chunki odamlar faqatgina ko`zi bilan ko`rgan narsalargagina ishonishadi”, deb ma`lumot berdi “Eriyotgan muz” guruhining raisi Nikolas Prieto.

Arktik yodgorlikning balandligi 35 metrni, eni esa 20 metrni tashkil etadi. Trampning muzli boshini yaratishda fin va mo`g`ul haykaltaroshlari ishtirok etishi ko`zda tutilgan bo`lib, mazkur loyihani amalga oshirish uchun iashkilot 400 ming evro va uni yasash uchun qulay bo`lgan muz bo`lagini topishi lozim.

Donald Tramp iqlimning global o`zgarishi haqidagi fikrlarni tan olmay, mazkur muammoni “aqllilar tomonidan pul undirish yo`li” deb tanqid qilgan edi.

    Boshqa yangiliklar