2001 yil 11 sentyabrda Amerikada sodir etilgan terrorchilik harakatlarini tekshirish bo`yicha maxsus komissiya Eron Islom Respublikasiga qarshi dalillarni aniqlamagan bo`lsa-da, fojia qurbonlarining oila a`zolari AQSh federal sudiga EIRga nisbatan da`vo arizasi kiritgan edi.
“The Hil” nashrining ma`lum qilishicha, sud qaror chiqardi.
Sud qaroriga ko`ra, Eron Islom Respublikasi, Islom inqilobini himoya qilish korpusi, Eron Markaziy banki 11 sentyabr voqealaridagi 1008 nafar insonning o`limiga aloqador bo`lib, halok bo`lganlarning oila a`zolariga jami milliard dollarlik tovon puli to`lab berishi lozim.
Fojia qurbonlariga qon-qarindoshlik darajasiga qarab tovon puli miqdori ham belgilangan. Misol uchun, halok bo`lganning turmush o`rtog`i 12,5 million, ota-onasi va farzandlari 8,5 million, opa-ukalari bo`lsa 4,5 million dollar tovon puli olishi kerak.
“The Hil”ning qayd etishicha, Eronning 11 sentyabr qurbonlari oila a`zolariga tovon puli to`lab berishi ehtimoldan ancha yiroq.






