Tojikiston va O`zbekiston o`rtasida avtobus qatnovi 15 maydan yo`lga qo`yilishi rejalashtirilgan, deb xabar beradi Sputnik.
«Azia ekspress» korxonasi direktori Sulton Kamolovning aytishicha, Tojikiston tomoni avtobus qatnovini yo`lga qo`yishga tayyor, faqat O`zbekistonning yo`lkira narxi borasidagi yakuniy qarorini kutmoqda.
Uning so`zlariga ko`ra, birinchi bosqichda Xo`jand — Toshkent va Panjikent — Samarqand yo`nalishlarida avtobuslar qatnay boshlaydi.
Avvalroq tomonlar Dushanbe — Termiz, Boxtar — Denov, Panjikent — Samarqand va Panjikent — Buxoro, Xo`jand — Toshkent hamda Konibodomdan Farg`ona viloyatlariga yo`nalishlar ochilishiga kelishib olgandi.
Tojikiston tomonining ma`lumotiga ko`ra, O`zbekistonga har kuni 10 mingdan ortiq tojikistonliklar boradi.






