AsosiyShou-biznes

Shahzoda san`atni tark etish haqida o`ylaganini ma`lum qildi

'Shahzoda san`atni tark etish haqida o`ylaganini ma`lum qildi'ning rasmi

O`zbek estradasining yorqin yulduzi Shahzoda 2 may kuni Nukus shahridagi "Amfiteatr"da konsert berish uchun Nukus shahriga etib keldi.

Shu kuni xonanda "Nukus FM" radiosiga tashrif buyurib, boshlovchi Gulzira Embergenovaning savollariga javob berdi.

To`g`ridan-to`g`ri efir davomida Shahzoda bu yil "Istiqlol" san`at saroyida konsert bermasligini aytib o`tdi.

Shuningdek u viloyatlarga gastrol safar qilishdan oldin san`atni tark etish haqida o`ylaganini ham ma`lum qildi.

Boshlovchining "Shahzoda qanday ona?" degan savoliga, xonanda bolalari bilan do`st ekanligini, qattiqqo`l bo`lishni xohlasa ham, bunday bo`la olmasligini, katta o`g`li bilan juda yaqin do`st ekanini va o`g`lining onasidan yashiradigan siri yo`qligini ham ta`kidlab o`tdi.

Ma`lumot uchun, bugun Shahzodaning Nukus shahridagi konserti soat 18:00 da boshlanadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar