AsosiySiyosat

O`zbekistonga Qozog`iston delegasiyasi keladi

'O`zbekistonga Qozog`iston delegasiyasi keladi 'ning rasmi

Ertaga, 3 may kuni Toshkent shahriga Qozog`iston bosh vazirining birinchi o`rinbosari, O`zbekiston-Qozog`iston ikki tomonlama hamkorlik bo`yicha Hukumatlararo komissiyaning hamraisi Askar Mamin boshchiligidagi delegasiya tashrif buyuradi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabarda bildirilishicha, Qozog`iston delegasiyasi O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan qabul qilinishi kutilmoqda.

Tashrif dasturiga ko`ra Qozog`iston delegasiyasi O`zbekiston hukumatida uchrashuvlar va muzokaralar o`tkazadi hamda bir qator ishlab chiqarish korxonalariga tashrif buyuradi.

Tashrif arafasida o`zaro savdo ayirboshlashni oshirish bo`yicha takliflar ishlab chiqish bo`yicha Qozog`iston ishchi guruhi Toshkent shahriga keldi.

    Boshqa yangiliklar