AsosiyJamiyat

Toshkent turizm bo`yicha xalqaro kongressga mezbonlik qiladi

'Toshkent turizm bo`yicha xalqaro kongressga mezbonlik qiladi'ning rasmi

Poytaxtimiz Toshkent shahrida 3 – 5 may kunlari “Madaniy meros va turizm” II xalqaro kongress bo`lib o`tadi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti va Turkiyaning Selchuk universiteti hamkorligida tashkil etiladigan mazkur xalqaro forumda dunyoning 30 dan ortiq davlatlaridan ishtirokchilar qatnashishi kutilmoqda.

Mamlakatimizning Buyuk ipak yo`li chorrahasida joylashgan shaharlari azaldan o`zining shonli tarixi, boy madaniyati bilan sayyohlar e`tiborida bo`lgan.

Bugun ham yurtimizda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbuslari bilan turizm sanoatini jadal rivojlantirish, sohani diversifikasiya qilish hisobidan O`zbekistonning sayyohlik salohiyatini keng targ`ib qilishga alohida ahamiyat qaratilmoqda.

Turkiyaning Selchuk universiteti bilan birgalikda tashkil etilayotgan ushbu xalqaro anjuman O`zbekistonda turizm industriyasini taraqqiy ettirishda xalqaro tajribani o`rganish, sayyohlik sohasida kadrlar tayyorlash, madaniy meros ob`ektlarini saqlash va tashrif buyuruvchilar ko`lamini kengaytirishda zamonaviy yondashuvlarni ishlab chiqishda hamkorlikni yo`lga qo`yish imkonini beradi.

Forum doirasida madaniy tadbirlar, o`zaro tajriba almashish imkonini beradigan uchrashuvlar va seminar-treninglar tashkil etiladi.

    Boshqa yangiliklar