AsosiyDunyo

Yong`in chiqqan 20 qavatli osmono`par bino qulab tushdi (Video)

'Yong`in chiqqan 20 qavatli osmono`par bino qulab tushdi (Video)'ning rasmi

Braziliyaning San-Paolo shahrida 20 qavatli osmono`par bino yong`in chiqishi oqibatida qulab, vayron bo`ldi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.

Mazkur voqea aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirildi. 20 qavatli binoning birinchi qavatida yong`in chiqqan. Uning yonidagi bino ham yonganiga qaramay, qulamagan.

Bino qulashi oqibatida bir kishi halok bo`lgan, uch kishi bedarak yo`qolgan. Ularning soni yanada ko`payishi mumkin. Guvohlarning aytishicha, yong`in vaqtida odamlar uyning tomiga chiqib, yordam so`rab baqirishgan.

Mazkur binoda ilgari federal polisiya boshqarmasi joylashgan edi. Keyinchalik 50 ga yaqin oila yashagan. Qo`shni binoda odamlar bo`lganligi, yong`in chiqish sabablari haqida ma`lumot berilmagan.

Boshqa yangiliklar